O‘zbekistonlik aralash jang san’atlari ustasi Mahmud Murodov o‘z "Instagram" sahifasida yangi jang sanasini e’lon qildi va quyidagicha post qoldirdi:
"Assalomu alaykum, aziz do‘stlar. Ko‘pchilikni navbatdagi jang sanasi qiziqtirgan. Alhamdulillah, raqib va sana ma’lum - 28 avgust kuni, biz yana bir g‘alaba uchun oktagonga ko‘tarilamiz. E’tiboringiz va qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun barchangizga rahmat", - deb yozib qoldirdi Murodov.
Uning raqibi amerikalik Jerald Mershart (32-14) hisoblanadi. U so‘nggi jangida Bartosh Fabianskini mag‘lubiyatga uchratdi. Bundan avval esa Xamzat Chimaevga mag‘lubiyatga uchragandi.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"