Oqshom tashkilotchilari kafolatlangan gonorardan tashqari yaxshi ishtirok uchun belgilangan bonuslar kimga nasib etganini oshkor qilishdi.
Unga ko'ra, qo'shimcha 50 ming dollarlik mukofot puliga Gregor Gillespi, Diego Ferreyra, Aleks Morono va Karlston Xarris ega chiqishdi. Gregor Gillespi va Diego Ferreyra o'rtasidagi to'qnashuv UFC on ESPN 24 turnirining "Eng yaxshi jangi" deb topildi.