SportUz.Net
photo photo

101 yoshli ikkinchi jahon urushi qahramoni yosh sportchilar davrasida + FOTO

09.05.2021 17:20    


Rasmni yuklab olish

Xotira aziz, qadr muqaddas!

Darhaqiqat bugungi dorilomon kunlarga etib kelishimiz hamda osoyishta kunlarga shukrona aytishimiz har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

9 may – Xotira va qadrlash kuni yurtimizda har yili o'zgacha shukuh hamda tayyorgarlik bilan kutib olinadi. Ikkinchi jahon urushida mardonavor kurashgan, o'zbek xalqining chinakam irodasini namoyish etgan faxriylarimiz doimo ezozda. O'zbekiston boks federaciyasining Navoiy viloyati bo'limi tomonidan ajoyib ananaga aylangan urush faxriylari holidan xabar olish bu yili noodatiy tarzda tashkil etildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy viloyati boks federaciyasi rahbari Sardor G'afforov tashabbusi bilan Karmana tumanida istiqomat qilayotgan 101 yoshli urush faxriysi Pirnazar bobo Turdiev sport saroyiga taklif etildi.

Otaxonni bu erda 7532-harbiy qism orkestri jo'rligida qadrdon «G'alaba kuyi» bilan qarshi olishdi.

Bir asrlik xotira. Bugunidan ertasi g'animat umr. CHehrasida shukronalik hissi boru lekin qalbida ikkinchi jahon urushi jarohati o'chmagan Pirnazar bobo qatag'on yillarida mardona jangga kirib, hozirgi tinch-osuda hayotimizga o'z hissasini qo'shganlar qatorida. SHu kuni otaxon o'smir bokschilarning chiqishlarini ishtiyoq bilan tomosha qilar ekan, beixtiyor ularga havasi kelayotganligini aytib, o'zining yoshlik davri xotiralarini qanchalik kuyinib eslasada, bugungi kunga shukronalar keltirdi.

«Hozir yoshlarimizga yaratilgan sharoitlar ko'zni quvnatadi. Bunday maskanlarni biz ko'rganimiz yo'q. Lekin yaxshi yashash uchun har doim halol mehnat qildik, shukrlar bo'lsin-ki, bugun ezozdamiz» – deydi otaxon suhbat davomida.

Mazkur uchrashuvni tashkil etgan O'zbekiston boks federaciyasi vakillari Pirnazar otaga minnatdorlik bildirar ekan, otaxonga uzoq umr tilab, ulardan duo olishdi.

O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov tomonidan maxsus tayyorlangan «G'alaba-76» nomli boks qo'lqopi urush faxriysiga sovg'a sifatida taqdim etildi.

Pirnazar ota kabi yurtimiz nuroniylari duoda ekan, osmonimiz musaffo, tinchligimiz hamisha abadiy bo'lajak.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: