Meksikalikning so'zlariga ko'ra, bu kurash uchun qozog'istonlik bokschi -76,2 kg vazn toifasiga ko'tarilishi kerak.
"Haqiqat shundaki, men har qanday jangga ochiqman. O'rta vazndagi kamarlarni birlashtirganimdan so'ng u bilan uchrashishim mumkin. Ammo agar u jang bo'lishini istasa, mening vaznimga o'tishi kerak. Golovkin chindan xohlasa, buni qilishi lozim. U bilan uchrashish uchun men o'rta vaznga ko'tarildim", - deya Alvaresning so'zlarini keltiradi BoxingScense.
Eslatib o'tamiz, Saul va Gennadiy bungacha ikki marotaba jang qilgan. Birinchi to'qnashuvda durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bahs meksikalik bokschining g'alabasi bilan yakunlangan.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman