Avvalroq Oliveyra Maxachev bilan jangda o'zida bo'lmaganligini, o'ziga o'xshamaganligini gapirgandi.
"U qaerda bo'lgan ekan? Braziliyadami? Agar u revansh olishni istasa, bu haqida Dana Uaytga aytsin. Uni yana do'pposlab qo'yishim mumkin. Ammo u yana men bilan jang qilishni istaydi deb o'ylamayman. U menga qarshi nima qila oladi? Uning grepplingi ishlamaydi", - dedi Maxachev.