Super o'rta vazn toifasida WBO chempioni Billi Jo Sonders (30-0, 14 KO) WBA va WBC titullari sohibi Saul Alvaresga (55-1-2, 37 KO) qarshi jang haqida o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
Britaniyalikning so'zlariga ko'ra, u g'alaba qozonish uchun jangga eng yaxshi formada yondoshmoqchi.
«Bo'lajak to'qnashuv muskullar kuchi yoki mahorat haqida emas, balki aqlli jang taktikasi bilan bog'liq. Mening jangga o'z yondoshuvim bor, Kaneloda ham o'ziga xos uslub bor. Men eng yaxshi formada bo'lishni, uni nazorat qilishni xohlayman».
Sondersning takidlashicha, u ikkinchi raqamli ekanligiga ahamiyat bermaydi.
«Ilgari u joyda bo'lganman, ammo hozir men kuchliroq raqib bilanman. Agar u erga borib g'alaba qozonsam, qochib ketmayman. Men u bilan yana jang qilaman, istalgan joyda va bu meni bezovta qilmaydi. Bazida autsayderlarning maqsadga etishi - boks uchun yaxshi bo'ladi», - deya Sondersning so'zlarini keltiradi Bad Left Hook.
Eslatib o'tamiz, 9 may sanasiga belgilangan Alvares - Sonders jangi super o'rta vazn toifasidagi WBA, WBC va WBO kamarlarini birlashtiruvchi kurash bo'ladi.