SportUz.Net
photo photo

Umar Nurmagomedov - Kori Sendxagen jangi sanasi malum

05.06.2023 18:57    


Rasmni yuklab olish

Umar Nurmagomedov va Kori Sendxagen o'rtasidagi to'qnashuvi juda katta ehtimol bilan UFC turnirining markaziy jangi bo'ladi.

Bu malumotni shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi va unga ko'ra ushbu turnir 5 avgust kuni AQSHning Neshvill shahrida bo'lib o'tadi.

"Ha, biz Neshvill variantini muhokama qilyapmiz", - dedi tashkilot rahbari. 

Hozirda 27 yoshli Umar Nurmagomedov UFC promoushenida 4 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. So'nggi jangida Raoni Barselosni birinchi raundning o'zida nokautga uchratgandi. 31 yashar Kori Sendxagen esa ketma-ket 2 ta jangda g'alaba qozondi. Avvaliga Song Yadong texnik nokautga uchratdi, keyin esa Marlon Verani ochkolar hisobiga ko'ra taslim etdi.

Ayni paytda Kori Sendxagen UFC reytingida to'rtinchi, Umar Nurmagomedov esa o'n birinchi o'rinni egallab turibdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: