SportUz.Net
photo photo

Samarqand boksidagi yutuq va kamchiliklar, muammolar muhokama qilindi

07.05.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

Kecha O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatiga xizmat safari uyushtirgani haqida malum qilgandik.

Ishchi guruhning Navoiydan keyingi manzili Samarqandga bo'ldi. Federaciya vakillari 6 may kungi tashrif davomida shahardagi Sportning o'yin turlariga ixtisoslashgan bolalar o'smirlar sport maktabiga borishdi. Ushbu dargohda yo'lga qo'yilgan boks mashg'ulotlarini kuzatar ekan, federaciya raisining birinchi o'rinbosari yosh bokschilar bilan muloqot qildi, ular bilan suhbatlashib, kerakli tavsiyalarini berdi. Bokschi bolakaylap bilan o'ziga xos kichik mashg'ulotlar olib borildi. 



SHundan so'ng "Yoshlar markazi"da O'zbekiston boks federaciyasi Samarqand viloyati bo'limi mutasaddilari, viloyatdagi bokschi va murabbiylar ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.

Uchrashuvda Samarqand boks maktabi tarbiyalanuvchisi Fanat Qahramonovning reyting asosida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgani etirof etildi va bu viloyat boksi uchun katta yutuq ekanligi takidlandi. 

Yig'ilish davomida shuningdek viloyat boksidagi muammolar, ishni tashkil etishda yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari ko'tarildi. Murabbiy va sportchilar bevosita o'z takliflarini boks federaciyasi rahbariyatiga bildirish imkoniga ega bo'ldilar.


O'z navbatida Saken Polatov yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun federaciya eshigi doim ochiq ekanligi, bu borada yordam ko'rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Qolaversa, viloyat boksini yanada rivojlantirish uchun murabbiy va hakamlar malakasini oshirish, shu orqali tajribali kadrlar tayyorlash, hamjihatlik bilan ishni tashkil etish lozimligi alohida qayd etib o'tildi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati


 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: