Ahamiyatlisi, bugungi oqshomda uch nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari oktagonga ko'tariladi. Kecha musobaqadan avvalgi vazn o'lchash va face to face marosimlari o'tkazildi.
Afsuski, yana bir hamyurtimiz Sanjar Zakirov (5-0) vazn meyorini bajara olmadi va buning natijasida uning qozog'istonlik Bolat Zamanbekovga (4-1) qarshi jangi bekor bo'ldi.
Bugun uch nafar hamyurtimizga muxlislik qilamiz:
SHerzod SHamsutdinov (2-0) - Extesham Ansari (4-1, Hindiston)
Nodirbek Axatjonov (4-2) - Denis CHernikov (1-2, Qozog'iston)
Sanjar Hakimov (3-0) - Eduardo Kastro (1-0, Braziliya).
Turnir Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Prelim kard janglarini Naiza'ning YouTube'dagi sahifasi orqali bepul kuzatib borishingiz mumkin.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ