SportUz.Net
photo photo

Bektemir Meliqo'ziev 4 yilga diskvalifikaciya qilindi

04.05.2021 15:00    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston Milliy antidoping agentligiga Xalqaro boks federaciyasi (AIBA)ning bergan rasmiy xabarnomasiga ko'ra, o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziev to'rt yil muddatga diskvalifikaciya qilindi.

Sportchi 2020 yil 16 fevraldan boshlab 2024 yil 15 fevralga qadar barcha sport musobaqalarida (milliy va xalqaro chempionatlar, turli o'yinlar v.x.k) ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Alohida takidlab o'tish lozim, 2020 yil 16 fevraldan boshlab musobaqalarda olgan barcha medallari va reyting ochkolari bekor qilindi. SHu bilan birga, Butunjahon antidoping kodeksiga ko'ra, B.Meliqo'zievning professional boksda chiqishlarini davom etishi yoki etmasligi tegishli Xalqaro professional boks tashkilotining qaroriga bog'liq bo'ladi. Agar ruxsat beradigan bo'lsa, diskvalifikaciyasi tugagungga qadar faqatgina professional boksda jang o'tkazishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, dastlab Bektemirdan olingan doping-sinamasida “furosemid” taqiqlangan moddasi aniqlangan bo'lib, u 2018 yil 28 fevraldan boshlab 2020 yil 27 fevralgacha 2 yillik diskvalifikaciya bilan jazolangandi. Sportchi tomonidan keyingi antidoping qoidalari buzilishi dastlabki belgilangan jazo muddati ichida, yani 2019 yil 30 sentyabrda sodir etilib, unda ADAMS tizimida bokschining o'zi kiritgan manzili bo'yicha etib kelishgan doping-nazoratchilari ko'rsatilgan manzilda bokschi bo'lmaganligi uchun undan rejali doping-sinamani olisholmagan. Xuddi shu vaziyat yana ikki marotaba – 2019 yil 21 oktyabr va 2020 yil 16 fevral kunlari takrorlangan.

Butunjahon antidoping kodeksining 2.4-moddasiga asosan, bu turdagi antidoping qoidabuzarlik uchun 2-yillik diskvalifikaciya jazo chorasi qo'llanilgan. Lekin keyingi antidoping qoidabuzarlik avvalgi antidoping qoidabuzarlik uchun belgilangan muddat ichida sodir etilgan bo'lsa, bunda keyingi antidoping qoidabuzarlik muddati ikki baravar ko'paytiriladi. SHu sababli, Meliqo'zievga jami 4-yillik diskvalifikaciya belgilandi.

O'zMADA Matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: