Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan 24 yoshli bokschimiz kecha Morgan Fitchni uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Aslida 30 yanvar kuni Kovalyov - Meliqo'ziev jangi o'tkazilishi kerak edi. Lekin rossiyalik sobiq chempionda doping aniqlangani bois, jang bekor qilingandi.
"Hammasi tushunarli. O'zbekistonlik bolakay hali stol tagida yayov yuribdi. Uni birinchi uchrashuvimizdayoq "uraman". Hurmatli Andrey Ryabinskiydan esa shoshilinchda xulosa chiqarmasligini so'rayman. Nomim bulg'anmasligi uchun ringda o'lishga tayyorman". — deya "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasining Instagram sahifasidagi xabar ostida fikr qoldirgan Kovalyov.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"