Oqshom doirasida o'zbekistonlik prof bokschi Asadbek Mamajonov ham o'z jangini o'tkazdi. -57 kg vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan hamyurtimiz "Almati Arena"da qozog'istonlik bokschi Joldas Jenissovga qarshi ringga ko'tarildi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Joldas Jenissov g'olib deb topildi.
Malumot uchun, bu Asadbek Mamajonov uchun prof ringdagi ilk mag'lubiyat hisoblanadi. Jenissov esa professional boksdagi oltinchi g'alabasini qo'lga kiritdi, u hozircha mag'lubiyatga uchragani yo'q.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi