SportUz.Net
photo photo

ONE on TNT 3: Linekerda nokautli g'alaba, Gafurov yutqazdi

23.04.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Singapurda aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha MMA oqshomi bo'lib o'tdi.

ONE Championship promousheni tomonidan tashkil etilgan ONE on TNT 3 turnirida sobiq UFC jangchisi Jon Lineker amerikalik Troy Vortenga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jang muddatidan avval Linikerning nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. 

Bu bilan Jon ONE Championship banneri ostidagi janglardan ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. Oqshomning markaziy jangi birinchi raund yakunlanishiga yarim daqiqa qolganida to'xtatildi. Braziliyalik jangchi o'ng qo'lda to'g'ridan bergan zarbasi evaziga Vortenni mag'lubiyatga uchratdi. Liniker jangdan keyin bergan intervyusida engil vaznda ONE promousheni chempioni Bibiano Fernandesga qarshi oktagonga chiqish istagini bildirdi.

Turnirdan o'rin olgan yana bir qiziqarli jangda rossiyalik Marat Gafurov koreyalik Ray Yun Okuga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda hakamlar bir ovozdan osiyolik yakkakurash ustasining g'alabasini taminlashdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: