Eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov (10-3) Twitter tarmog'idagi rasmiy sahifasida bu yil boshqa divizionga o'tishi mumkinligini yozdi.
"Bu yil vazn toifamni o'zgartiraman shekilli", - deb yozgan Qahramonov.
Saidyoqub so'nggi bor 2022 yil 18 dekabr kuni Las-Vegas shahrida (AQSH) tashkil etilgan UFC Fight Night musobaqasi doirasida rossiyalik Said Nurmagomedovga (17-2) qarshi oktagonga ko'tarilib, sabmishen bilan mag'lub bo'lgan edi.
Looks like I’m going to change my weight class this year.
— Saidyokub Kakhramonov (@SaidYokubMMA) January 23, 2023
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"