SportUz.Net
photo photo

Jahon chempionati. Besh nafar bokschimiz finalda, qolganlarda esa bronza

21.04.2021 00:20    


Rasmni yuklab olish

Polshada yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida yarim final janglari yakuniga etdi.

Yarim finalga 10 nafar o'zbekistonlik bokschi etib kelganligi haqida avvalroq xabar qilgandik. O'tkazilgan janglar yakuniga ko'ra, 5 nafar bokschimiz g'alaba qozonib. yarim finalga yo'l oldi. Yana 5 nafar bokschimiz esa imkoniyatni boy bergan holda, yurtimizga bronza medallari bilan qaytadigan bo'ldi. 

O'zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi janglarda qayd etilgan natijalar:

-54 kg: Nigina O'ktamova - Anastasiya Kirienko (Rossiya) 5:0

-57 kg: Sitora Turdibekova - Punam (Hindiston) 0:5

-60 kg: Dilfuza Bekova - Julduz SHayaxmetova (Qozog'iston) 0:5

-64 kg: Mohinabonu Abdullaeva - Biatris Rozentayl (Latviya) 5:0 

-75 kg: Sohiba Ro'zmetova - Dana Diday (Qozog'iston) 1:3

-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva - Arundati CHoudari (Hindiston)  0:5

-52 kg: SHahzod Muzaffarov - Ruslan Cikalo (Ukraina) 5:0

-69 kg: Aloxon Abdullaev - CHirav Ashalaev (Rossiya) 1:4

-81 kg: SHohjahon Abdullaev - Piter Lijesevich (CHernogoriya) 3:2

+91 kg: Jahongir Zokirov - Levente Kiss (Vengriya) 4:1.

Qizlar o'rtasida final janglari 22 aprel, o'g'il bolalar o'rtasida esa 23 aprel kunlari o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: