Eslatib o'tamiz, Londonda bo'lib o'tgan boks oqshomida Tayson Fyuri o'ninchi raundda Derek CHisorani texnik nokaut bilan mag'lub etgan edi.
"Hakam haq edi, men ko'p ish qilmadim. Jangchilar hech qachon to'xtashni istamaydi. Lekin, buning uchun hakamlar bor, chunki biz bolalarimizning oldiga qaytishimiz kerak. Jang qiziqarli bo'ldi, men undan zavq oldim. Hozir nafaqaga chiqmoqchi emasman. Yana bir nechta jang o'tkazmoqchiman", - dedi CHisora.