SportUz.Net
photo photo

Bahodir Jalolov mashg'ulotlarga qaytdi, u yil oxirigacha yana bitta jang o'tkazadi

29.11.2022 18:38    


Rasmni yuklab olish

Bahodir Jalolov mashg'ulotlarni boshladi.

Dam olish kuni ringga chiqqan bokschimiz Bahodir Jalolov AQSHda mashg'ulotlarga kirishib ketdi. Jalolov Instagram sahifasiga yangi post joyladi, unga ko'ra, bokschi yil yakunigacha yana bitta jang o'tkazadi.

«Biz yana mashg'ulotlarga qaytdik, sababi maqsad yo'lida dam olishga vaqtimiz yo'q. Promouterlarimizning taklifiga binoan yil oxirigacha yana bir jang o'tkazish niyatidaman, Xudo xohlasa, 2-3 kunda qiziq yangilik bor.

Biz harakatdan to'xtamaymiz. Ishonchingizni oqlash uchun doim mehnatdamiz».

Avvalroq O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan berilgan anonsda Bahodir Jalolov O'zbekiston chempionatida ham qatnashishi haqida xabar qilingandi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: