SportUz.Net
photo photo

Saken Polatov: "Bizda yirik xalqaro sport tadbirlarini O'zbekistonda o'tkazish imkoniyati bor"

13.04.2021 10:20    


Rasmni yuklab olish

Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmati O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisining o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo boks konfederaciyasi boksni rivojlantirish fondi raisi Saken Polatov bilan uyushtir

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu intervyuning o'zbek tilidagi tarjimasini to'liq holda etiboringizga havola etadi. 

Osiyoda boksni rivojlantirish fondi raisi, Osiyo boks konfederaciyasi ijroqo'm azosi va O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, o'z vatani va Osiyoda boksni qo'llab-quvvatlayotgan sport rahbari va tadbirkor Saken Polatov O'zbekiston boks federaciyasi ofisida Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmati savollariga javob qaytardi. 

"Biz mana shunday yirik boks oqshomini Osiyo qitasida ham o'tkazish uchun imkoniyatimiz va salohiyatimiz etarli ekanligini ko'rsatdik. Bu boks oqshomiga jiddiy hozirlik ko'rdik. Bu pandemiya vaqtida biz uchun oson bo'lmagan tayyorgarlik edi. Qanday hajmdagi ish qilinganini o'z ko'zingiz bilan ko'rdingiz. Ushbu sport tadbirini 10 000 nafarga yaqin tomoshabin voqea joyidan bevosita kuzatgan bo'lsa, televizor va internet platformalari orqali ko'plab insonlar tomosha qilishdi. 


Malik Babaev, SHohid Tillaboev, Tamila Sarixanova va boshqa ko'plab hamkasblarimiz ushbu "Boks oqshomi"ni ko'ngildagidek o'tkazish uchun astoydil mehnat qilishdi.

Boks janglaridan so'ng Toshkentda ilk marotaba Osiyoda boksni rivojlantirish fondining dastlabki yig'ilishi tashkil etildi. Unda kelajakda qilinadigan ishlarni muhokama qilib oldik. Bu yangi loyihamizning asosi edi. Bizning asosiy maqsadimiz barcha milliy federaciyalar va bokschilar bajarilayotgan ishdan mamnun bo'lishlaridir. 

Osiyo boksi uchun kelajakda ko'plab ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Buning uchun ular istayotgan narsani, ularning talabini bilishimiz kerak. Bazi federaciyalardan allaqachon qo'llab-quvvatlash uchun so'rovlarni oldik va biz ularga sport inventarlari va musobaqalarda ishtirok etish uchun moliyaviy ko'mak bera olamiz. 


Lekin bundan ham yaxshisi - boksda rivojlanish bosqichidagi O'zbekistonga qo'shni mamlakatlarga ular bilan birga qo'shma yig'inlar o'tkazish, murabbiy va hakamlar uchun o'quv seminarlari tashkil etish orqali ham o'zimiz ham yordam bera olamiz. 

Biz bu ishlarimizni Osiyo qitasida boshlab, bosqichma-bosqich jahon miqyosiga chiqishni niyat qilganmiz. O'zbekistonda sportga shaxsan Prezidentimiz, hukumatimiz tomonidan alohida etibor qaratiladi. Yana qo'shimcha qilib aytishim kerakki, sportni yanada ommaviylashirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida, mamlakatimizda yirik sport musobaqalarini tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonida vazifa sifatida belgilangan. Buning ijrosi sifatida, mana bir necha kun oldin yirik professional boks oqshomi tashkil etildi. SHuningdek, 2022 yilda O'zbekistonda dzyudo bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi. 2023 yilda esa bu ishni biz boksda amalga oshiramiz. Tarixda ilk marotaba o'tkaziladigan 22 yoshli bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionati ham oktyabr oyida O'zbekistonda tashkil etiladi. Biz yaqin orada aniq sanalar bo'yicha yakuniy qarorga kelamiz. Ammo hozirgi pandemik vaziyatda uzoq muddatli rejalar tuza olmaysiz. Biz yirik musobaqalar tashkil etish bo'yicha barcha milliy federaciyalarga o'rnak bo'lishni istardik.


Sidney Jekson xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir so'ngi marotaba 2014 yilda o'tkazilgan. Sakkiz yillik tanaffusdan so'ng biz yana xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqani kelasi yili o'tkazishni maqsad qilganmiz. Bu "A Klass" toifasiga kiruvchi yirik xalqaro turnir bo'ladi. Bu burnirga Kuba, Rossiya, Qozog'iston, Irlandiya, Yaponiya, Angliya, Janubiy Koreya va boshqa ko'plab boksi rivojlangan mamlakat vakillarini taklif etmoqchimiz. 

2023 yilda boks bo'yicha jahon chempionatini O'zbekistonda, professional boks oqshomi tashkil etilgan "Humo Arena"da o'tkazishni rejalashtirganmiz. Kelajakda yirik xalqaro sport tadbirlarini o'tkaza olamiz. 

2025 yilda O'zbekiston yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarini qabul qiladi. Biz 2030 yili kattalar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari mezbonligi huquqini ham qo'lga kiritmoqchi edik, ammo bu borada biroz rejalar o'zgardi.

Barcha bokschilarimiz mening yuragimda va ularni birdek ko'raman. Biz ular bilan kelajakda yanada yaxshi natijalarga erisha olishimizga ishonaman", - dedi Saken Polatov intervyuda. 




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: