SportUz.Net
photo photo

UFC 258. Kamaru Usman va Gilbert Byorns taroziga chiqdi + FOTO

13.02.2021 09:20    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tongda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC Apex arena mezbonlik qiladigan UFC 258 oqshomining markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasida amaldagi chempion Kamaru Usman hamda uning kamariga davogar Gilbert Byorns o'rtasida bo'lib o'tadi.

Bugun ertangi jang oldidan ananaga ko'ra tarozidan o'tish hamda ko'z urishtirish marosimlari o'tkazildi. Unda har ikki jangchi ham belgilangan vazn meyorini bajarib, bir xil natija qayd etishdi - 77,1 kg.

Etiborga molik jihati, ertangi oqshomda oktagonga ko'tariluvchi barcha 24 jangchi belgilangan vazn meyorini bajarishgan.

Asosiy kard:

Kamaru Usman (170 funt) – Gilbert Berns (170 funt)

Meysi Barber (126) – Aleksa Grasso (125.5)

Kelvin Gastelum (186) – Yen Xeynish (185.5)

Bobbi Grin (156) – Djim Miller (155.5)

Julian Markes (185) – Maki Pitolo (185)


Prelium kard

Entoni Ernandes (186) – Rodolfo Vieyra (186)

Diego Lima (171) – Belal Muxammad (169.5)

Mellori Martin (115.5) – Polyana Viana (116)

Andre Evell (138.5) – Kris Gutierres (140)


Ilk janglar

Brayan Kellexer (145.5) – Riki Simon (145.5)

Gabriel Grin (169.5) – Fil Rou (171)

Miranda Meverik (125.5) – Jillian Robertson (125.5)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: