SportUz.Net
photo photo

Kolumbiyalik 25 yoshli bokschi jang paytida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi + FOTO

01.10.2022 14:40    


Rasmni yuklab olish

Kolumbiyalik bokschi Luis Kinones vatandoshi Xose Munos bilan jangda olgan jarohatlari sababli vafot etdi.

Jangdan keyin sportchi kasalxonaga yuborilgan. 25 yoshli bokschi bosh miya arteriyasidagi qon "tromb"ini olib tashlash uchun operaciya qilingan. SHundan so'ng bokschi koma holatiga tushgan. Kuni kecha sportchining akasi uning vafot etganini malum qildi.

Kinones Munos bilan Barrankile shahrida jang qilgan edi. Munos ushbu jangda nokaut evavziga g'alaba qozongan, Kinones esa ringdan zambilda olib chiqib ketilgan edi.

25 yoshli bokschi faoliyatini 2018 yilda boshlagan edi. U professional boksda 11 ta jang o'tkazib, o'ntasida g'alaba qozona oldi. Xose Munos bilan jangdagi mag'lubiyat uning faoliyatidagi birinchi va ohirgisi bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: