SportUz.Net
photo photo

Fyuri Manuel CHarrning "vyzov"iga "otvet" qaytardi

01.10.2022 11:20    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq WVA chempioni Manuel CHarr Tayson Fyuri bilan jang qilish istagi borligini aytdi.

"Fyuri, sen xuddi Joshua kabi ahmoqsan. Haqiqiy erkak boshqacha bo'ladi. Joshua chetga chiqdi desang, demak u safdan chiqqanini anglatadi. Sen hammaga men bilan jang qilmoqchi ekanligingni aytding va endi qo'rqoqdek harakat qilyapsan. Jang qilishga rozi bo'l.

Fyuri, chorlovimdan qo'rqding. Sen va Joshua qo'rqoqsan va u ikki mag'lubiyatdan keyin qaytib keladi.  Nega unga imkoniyat berayapsan?  - dedi CHarr.

Fyuri esa bu haqoratlarga shunday javob qaytardi:

"Manuel CHarr, Joshua nihoyat safdan chiqqanga o'xshaydi. U jirkanch qo'rqoq, sen esa jang qilishni xohlaydigan bokschisan, bu menga yoqdi. Sen o'z o'rningni baland bilib, haqiqiy erkak kabi kurashga chorlaganing menga yoqdi. Kimdir jang qilmoqchi bo'lsa, xuddi sen qilgan ishni bajarishi kerak. SHuning uchun men sening taklifni qabul qilaman Manuel CHarr. Kel, buni aamalga oshiramiz", — dedi Fyuri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: