Yevropaning kuchli chempionatlarida joriy mavsum bahslari yakuniga yetdi.
«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland barcha musobaqalar doirasida 53 ta o‘yinda ishtirok etib, 52 gol muallifiga aylandi. Bu borada u mutlaq yetakchiga aylandi.
Ikkinchi pog‘onani «PSJ» forvardi Kilian Mbappe band etdi. Fransiyalik futbolchi yakunlangan mavsumda o‘z klubi safida 41 ta gol urdi.
Robert Levandovski («Barselona») 33 gol bilan kuchli uchlikka kirgan bo‘lsa, Xarri Keyn («Tottenxem») 32 gol bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Viktor Osimxen («Napoli»), Karim Benzema («Real») va Aleksandr Lyakazett («Lion») esa 31 tadan gol muallifiga aylanishdi.
Mavsum-2022/23da Yevropaning top-5 chempionatlari klublarida eng ko‘p gol urgan futbolchilar:
Erling Xoland — 52 gol
Kilian Mbappe — 41
Robert Levandovski — 33
Xarri Keyn — 32
Viktor Osimxen — 31
Aleksandr Lyakazett — 31
Karim Benzema — 31
Muhammad Saloh — 30
Markus Reshford — 30
O'n ikki nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida
O'n bir nafar aralash yakkakurash ustamiz MMA bo'yicha jahon chempionatining finalida