Videoda sobiq bokschi garajini aylanib chiqib, o'ziga tegishli bo'lgan turli transport vositalarini ko'rsatgan. Kollekciyada Bentley’dan tortib, to McLaren’gacha bo'lgan har qanday didga mos keluvchi mashinalarni ko'rishingiz mumkin.
"Ushbu uyning 30 vagonli garajida 17 ta mashina mavjud. Qolgan ikkita garajning har biriga 5 tadan avtomobil sig'ishi mumkin. Doim qaysi birini tanlashga ikkilanib qolaman. Menda ko'plab variantlar bor, lekin hammasidan ham qora ranglisi yaxshiroq.
Bizda Ferrari, Lamborghini, Rolls Royce kabi tanlovlar ham bor. Biroq McLaren, Aventador, Bentley – bular boshqacha "toychoqlar" hisoblanadi", - deydi Meyvezer o'z ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Eslatib o'tamiz, amerikalik "boyvachcha" boksdagi faoliyatini yakunlagan, ammo ko'rgazmali janglarda hamon ishtirok etib turibdi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"