“Barselona” La Liga 19-turi doirasida “Jirona”ga qarshi kechgan bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar barcha musobaqalar doirasidagi g‘alabali seriyasini 8 o‘yinga yetkazdi. Jamoa 2023 yildagi barcha o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.
Shuningdek, jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 13 o‘yinga yetdi. So‘nggi bor “Barselona” Chempionlar Ligasida 26 oktyabr kuni “Bavariya”ga yutqazgandi (0:3). Shundan keyingi 13 o‘yinda 12 ta g‘alaba va bitta durang qayd etildi.
“Ko‘k-anorranglilar” La Liganing so‘nggi uch o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Jamoa Primera joriy mavsumining 18 o‘yinidan 14 tasida to‘p o‘tkazib yubormadi.
“Barselona” darvozasiga faqat “Real Sosyedad” (4:1), “Real” (1:3), “Osasuna” (2:1) va “Espanyol” (1:1) yo‘l topa olgan.
6 ta o‘tkazib yuborilgan gol — Yevropa top-5 ligalari joriy mavsumidagi eng yaxshi natija. Ikkinchi o‘rindagi “Nyukasl” o‘z darvozasidan 11 ta to‘p olib chiqqan.
“Barselona” keyingi o‘yinini 1 fevral kuni “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi