SportUz.Net
photo photo

Antoni, Saloh, Kante. 2022 yil transfer qiymatida eng katta o‘sish va tushish kuzatilgan APL futbolchilari

28.12.2022 09:00    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Angliya premyer ligasida 2022 yil davomida narxi qimmatlashgan va arzonlashgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etdi.

«Ayaks» safidan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan Antoni 50 million yevroga qimmatlashgan. «Liverpul»ga yozda qo‘shilgan Darvin Nunyesning transfer qiymatiga esa 38 million yevro qo‘shilgan.

2022 yilda narxi qimmatlashgan APL futbolchilari:

1. Antoni («Manchester Yunayted») — 75 million yevro (+50 million yevro);
2. Darvin Nunyes («Liverpul») — 70 million (+38 mln);
3. Bukayo Saka («Arsenal») — 100 million (+35 mln);
4. Luis Dias («Liverpul») — 75 million (+35 mln);
5. Mark Kukurelya («Chelsi») — 55 million (+35 mln);
6. Moyzes Kaysedo («Brayton») — 38 million (+35 mln);
7. Gabriel Martinelli («Arsenal») — 60 million (+32 mln);
8. Aleksis Makallister («Brayton») — 42 million (+32 mln);
9. Entoni Gordon («Everton») — 40 million (+32 mln);
10. Brunu Gimaraysh («Nyukasl») — 60 million (+30 mln).

Shuningdek, joriy yilda narxi arzonlashgan futbolchilar ro‘yxati ham e’lon qilindi. Kuchli uchlikdan «Manchester Yunayted»ning uch a’zosi — Markus Reshford, Rafael Varan va Jeydon Sancholar joy oldi.

2022 yilda narxi arzonlashgan APL futbolchilari:

1. Markus Reshford («Manchester Yunayted») — 55 million yevro (-30 million yevro);
2. Jeydon Sancho («Manchester Yunayted») — 60 million (-25 mln);
3. Rafael Varan («Manchester Yunayted») — 40 million (-25 mln);
4. Chag‘lar Soyunjyu («Lester») — 22 million (-23 mln);
5. Muhammad Saloh («Liverpul») — 80 million (-20 mln);
6. Uilfred Ndidi («Lester») — 40 million (-20 mln);
7. Ngolo Kante («Chelsi») — 30 million (-20 mln);
8. Aaron Uan-Bissaka («Manchester Yunayted») — 18 million (-20 mln);
9. Harri Maguayr («Manchester Yunayted») — 30 million (-18 mln);
10. Antoni Marsyal («Manchester Yunayted») — 15 million (-17 mln).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: