SportUz.Net
photo photo

FIFAning yangi reytingida Argentina nechanchi o‘rinda bo‘ladi?

19.12.2022 23:31    


Rasmni yuklab olish

Qatardagi jahon chempionati yakunlanganidan keyin FIFAning dekabr oyidagi reytingi yakuniy ko‘rinishga keldi.

Mundialda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Argentina terma jamoasi avvalgi reytingga nisbatan o‘z hisobini 64,5 ballga boyitdi va 1838,4 ball bilan 2-o‘ringa ko‘tarildi. Argentinaliklar noyabr oyi reytingida 3-o‘rinni egallab turishgandi. "Albiseleste" peshqadam Braziliyadan atigi 2,4 ball ortda qolmoqda.

Mundialda 2-o‘rinni egallagan Fransiya ham bir pog‘ona ko‘tarilib, kuchli uchlikka kirdi. Natijada Belgiya 2 pog‘ona pastlab, 4-o‘ringa joylashdi. Angliya esa 5-o‘rinda qoldi. Niderlandiya esa 2 pog‘ona yuqoriladi va 6-o‘rindan joy oldi.

Xorvatiya 12-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tarildi. Musobaqa kashfiyotlaridan biri — Marokash esa 11-o‘ringacha yuqoriladi.

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida Qozog‘iston va Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etib, bir g‘alaba va bir durang qayd etdi. Qozog‘istonliklarga qarshi o‘yindagi g‘alaba biz uchun FIFA reytingida 1,8 ballni taqdim etgan bo‘lsa, Rossiya bilan durang tufayli hisobimizga yana 0,8 ball qo‘shildi. Natijada mazkur 2ta o‘yin uchun FIFA reytingida ochkolari 2,6 ballga ko‘payib, 1312,65 ochkoga yetdi. O‘zbekiston avval egallab turgan 77-pog‘onasida qoldi.

FIFA 22 dekabr, payshanba kuni yangilangan reytingni rasman e’lon qiladi.

Terma jamoalarning FIFAdagi reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Braziliya — 1840,8;
2. Argentina — 1838,4;
3. Fransiya — 1823,4;
4. Belgiya — 1781,3;
5. Angliya — 1774,2;
6. Niderlandiya — 1740,7
7. Xorvatiya — 1727,6;
8. Italiya — 1723,6;
9. Portugaliya — 1702,5;
10. Ispaniya — 1693,4;
11. Marokash — 1672,4;
12. Shveysariya — 1655,0;
13. AQSH — 1652,7;
14. Germaniya — 1646,9;
15. Meksika — 1635,8;
16. Urugvay — 1627,5;
17. Kolumbiya — 1612,8;
18. Daniya — 1608,1;
19. Senegal — 1603,6;
20. Yaponiya — 1593,1.
...
77. O‘zbekiston — 1312,65.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: