Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federasiyasi (IFFHS) Yevropaning 2022 yildagi eng yaxshi klublari reytingini e’lon qildi. Bunda klublarning 2021 yil 1 dekabrdan 2022 yil 30 noyabrgacha bo‘lgan oraliqda qayd etgan natijalari inobatga olindi.
Birinchi pog‘onani «Liverpul» egalladi. Mersisaydlarning ochkolari 297 ballni tashkil qildi. Keyingi pog‘onani 275 ball bilan «Real» egallagan bo‘lsa, «Chelsi» kuchli uchlikka kirdi (271). «Manchester Siti» (270) va «Benfika» (250) keyingi o‘rinlarni band etishdi.
Top-20 quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:
1. «Liverpul» — 297;
2. «Real» — 275;
3. «Chelsi» — 271;
4. «Manchester Siti» — 270;
5. «Benfika» — 250;
6. «Leypsig» — 240;
7. «Bavariya» — 238;
8. «Portu» — 236;
9. PSV — 227,5;
10. «PSJ» — 220;
11. «Inter» — 213;
12. «Betis» — 208;
13. «Napoli» — 206;
14. «Reynjers» — 203;
15. «Marsel» — 202,5;
16. «Ayntraxt» — 201,5;
17. AZ — 198;
18. «Barselona» — 197
19. «Vilyarreal» — 195,5
20. «Srvena Zvezda» — 194,5.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi