SportUz.Net
photo photo

«Vilyarreal» – Yevropa top-5 chempionatlarida duranglar qiroli

22.02.2021 14:30    


Rasmni yuklab olish

«Vilyarreal» Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida Bilbaoda «Atletik» klubi mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Unai Emeri jamoasi La liganing joriy mavsumida 13-marta durangga imzo chekishdi. Duranglar soni bo‘yicha «Vilyarreal» ushbu mavsumda Yevropaning top-5 chempionatlari klublari orasida yetakchi bo‘lib turibdi.

Bu borada ikkinchi pog‘onani «Brayton» (APL), «Torino» (A seriya) va «Nant» (Liga 1) klublar egallab turishibdi – 11ta durang.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: