SportUz.Net
photo photo

Fernandesh «MYU»ga o‘tganidan buyon APLning har qanday jamoasiga nisbatan penaltidan ko‘proq gol urdi

22.02.2021 13:30    


Rasmni yuklab olish

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Angliya chempionatining 23-turi doirasida «Nyukasl»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (3:1)da penaltidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Portugaliyalik futbolchi «MYU» safida APL doirasida 11-marta penaltidan gol urdi. Fernandesh "MYU"ga o‘tgan payti — 2020 yilning fevral oyidan buyon APLning har qanday jamoasiga nisbatan penaltidan ko‘proq gol urdi.

Portugaliyalik o‘yinchi joriy mavsumda "gol+pas" bo‘yicha 25 ochko (15+10) jamg‘ardi va bu borada «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keynni ortda qoldirdi (13+11).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: