"NBC Sports" nashri bugun Qatarda boshlanadigan jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogarlar reytingini e’lon qildi.
Ro‘yxatning yuqori pog‘onasini Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi egalladi. Ikkinchi pog‘onaga «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe joylashtirilgan bo‘lsa, belgiyalik Kevin de Breyne kuchli uchlikka kiritildi.
Shuningdek, top-10'ga jarohat tufayli Mundialda ishtirok etmasligi aniq bo‘lgan Karim Benzema (Fransiya), Neymar (Braziliya), Xarri Keyn (Angliya), Alisson (Braziliya), Robert Levandovski (Polsha), Vinisius Junior (Braziliya) kabi o‘yinchilar kiritilgan. Krishtianu Ronaldu esa 11-pog‘onaga joylashtirildi.
Pyotr Yan Islam Maxachev bilan uchrashib qoldi va uni bitta so'z bilan tarifladi + FOTO