SportUz.Net
photo photo

Messi, Neymar, Mbappe, Xoland. Goal.com JCH-2022 arafasida «Oltin to‘p»ga da’vogarlar reytingini e’lon qildi

16.11.2022 22:31    


Rasmni yuklab olish

Goal.com nashri Qatarda boshlanadigan jahon chempionati arafasida 2023 yilgi «Oltin to‘p» sovriniga da’vogar futbolchilar reytingini e’lon qildi. Kelasi yilgi g‘olibni aniqlashda bu galgi Mundial katta o‘rin tutadi.

Reytingning eng yuqori pog‘onalarini "Pari Sen-Jermen" klubining uch hujumchisi — Messi, Neymar va Mbappe egallab turishibdi. To‘rtinchi pog‘onaga esa "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland joylashtirildi.

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kuchli beshlikka kirgan bo‘lsa, "Real" hujumchisi Vinisius Junior oltinchi o‘rinni band etgan.

2022 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Karim Benzema hozircha 12-o‘rinni egallab turibdi.

"Oltin to‘p" - 2023 da’vogarlari reytingi (top-20):

1. Lionel Messi – «PSJ»;
2. Neymar – «PSJ»;
3. Kilian Mbappe – «PSJ»;
4. Erling Xoland – «Manchester Siti»;
5. Robert Levandovski – «Barselona»;
6. Vinisius Junior – «Real Madrid»;
7. Kevin de Bryuyne – «Manchester Siti»;
8. Jamal Musiala – «Bavariya»;
9. Muhammad Saloh – «Liverpul»;
10. Xvicha Kvarasxeliya – «Napoli».
11. Xarri Keyn  – «Tottenxem»
12. Karim Benzema – «Real»
13. Fil Foden – «Manchester Siti»
14. Rafael Leau  – «Milan»
15. Kodi Gakpo  – «PSV»
16. Jud Bellingem – «Borussiya D.»
17. Leroy Sane  – «Bavariya»
18. Villiam Saliba  – «Arsenal»
19. Federiko Valverde  – «Real»
20. Kristofer Nkunki  – «Leypsig»



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: