SportUz.Net
photo photo

Yevropa ligasi. Haftaning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar e’lon qilindi

19.02.2021 09:30    


Rasmni yuklab olish

18 fevral, payshanba kuni Yevropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. UEFA haftaning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar nomini e’lon qildi.

Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted" yarim himoyachisi) — "Real Sosyedad"ga qarshi o‘yinda 2ta gol urdi. Uzatmalarining 83 foizi aniq bo‘ldi.

Munas Dabbur ("Hoffenxaym" hujumchisi) — "Molde"ga qarshi bahsda raqib darvozasi tomon 4ta aniq zarba berib, 2ta gol urdi.

Bruno Petkovich ("Dinamo Zagreb") — "Krasnodar"ga qarshi o‘yinda raqib darvozasi tomon 3ta aniq zarba berib, 2ta gol urdi.

Garet Beyl ("Tottenxem" yarim himoyachisi) — "Volfsberg"ga uchrashuvda bitta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: