«Real» Yevropa chempionlar ligasi / Chempionlar kubogi musobaqasi tarixida to‘qqizinchi marta amaldagi chempionni turnirdan chiqarib yubormoqda.
"Qirollik klubi" musobaqaning amaldagi g‘olibi «Chelsi»ga qarshi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan ikki o‘yin natijasida g‘alaba qozonib (3:1, 2:3), yarim finalga yo‘l oldi.
Madridliklar avvalroq — 1964-yilda «Milan») 1966-yilda «Inter», 1987-yilda «Portu», 1989-yilda PSV, 1998-yilda «Borussiya» Dortmund, 2000-yilda «Manchester Yunayted», 2002-yilda «Bavariya» va 2014-yilda «Bavariya»ni musobaqani tark etishga majbur etishgandi.
«Real» ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha yaqqol yetakchilik qilmoqda. «Yuventus» hisobida esa 5ta bunday natija mavjud.
"Senga Jon Jons bilan jang tashkil qilib beraman". Dana Uayt Fyuriga UFCga o'tishni taklif qildi