
"Professional sportchi uchun yaxshi ovqatlanish juda muhim. Faqat protein va aminokislotalar bilan to'yib bo'lmaydi — bu faqat qo'shimcha oqsil. Eng muhimi — sifatli ovqat eb turish. Afsuski, bunday taomlar Amerikada juda kam, Rossiyada bu borada ancha yaxshi.
Masalan, bu erda (Rossiyada) men ko'proq restoranlarda ovqatlanaman, chunki ko'proq ko'chada bo'laman. Garchi ko'p eb qo'ysam ham, shu bilan ham vaznim tushadi. AQSHda esa aksincha: kam eganimga qaramay vazn qo'shaman. Demak, bizdagi ovqat sifati ularnikidan ancha yaxshi", — dedi Carukyan.
Deliyani nokautga uchratgan Kortes-Akosta Aspinallga murojaat qildi: "Ortingdan boryapman!"