SportUz.Net
iks
ads

Xerb Din: "Hamma ko'zga zarba bersh vaziyatlaridan to'ygan"

03.11.2025 17:33    


Rasmni yuklab olish

Mashhur aralash yakkakurashlar hakami Xerb Din UFC rahbariyatining bo'lajak yig'ilishida jang paytida ko'zga zarba yo'llash muammosi muhokama qilinishi haqida gapirdi.

"Hamma allaqachon ko'zga barmoq suqulish vaziyatidan to'ygan va bu holatda nimadir qilish kerak. Majlis bo'lib o'tadi va unda biz bu masalani muhokama qilamiz. Albatta, nimadir o'zgarish ro'y beradi.

Xafa bo'lganlar etarlicha, kerakli va muhim odamlar etarlicha. Bazilar allaqachon bu muammo tobora kuchayib borayotganini aytishgan edi... SHu hafta boshida, o'ylashimcha, brifing 4 noyabrda bo'lib o'tadi", deb aytgan 55 yoshli Din.

Eslatib o'tamiz, og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun o'tkazilgan jangda franciyalik Siril Gan britaniyalik Tom Aspinallning ko'ziga barmoqlari suqib olgandi. Xuddi shunday holat yakshanba tongida o'tkazilgan jangda xorvatiyalik Ante Deliya dominikanlik raqibi Valdo Kortes-Akostaning ko'ziga shunday zarba bergan edi.   



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: