SportUz.Net
iks
ads

Deliyani nokautga uchratgan Kortes-Akosta Aspinallga murojaat qildi: "Ortingdan boryapman!"

03.11.2025 16:30    


Rasmni yuklab olish

Raqib uning ko'ziga barmog'ini chuqib olganiga qaramay, Ante Deliyani nokautga uchratgan Valdo Kortes-Akosta asosiy maqsadi kamar ekanini yashirmayapti.

"Uning barmog'i ko'zimning chuqur joyiga tekkanini his qildim. Hakam qaerga qaraganini bilmayman, lekin to'xtashdan keyin men buni aytdim. Jahlim chiqib, davom ettirmoqchi bo'ldim. Men dominikanlikman va bu mening qonimda bor. Kimda-kim men bilan shunga o'xshash ish qilmoqchi bo'lsa, albatta, buning jazosini oladi. Avvalgi jangda men o'zimni mag'lub etdim, rus g'alabali seriyamni olib qo'ydi. Ammo endi men qaytib keldim va har qanday odamni, shu jumladan chempionni ham mag'lub etishga tayyorman. Mana mening xabarim: Aspinall, sen bu jangni ko'rding. Men ortingdan boraman - tayyor tur!", - dedi dominikanlik og'ir vazn toifasidagi Kortes-Akosta ahamiyati bo'yicha ikkinchi bo'lgan jangdan keyin Daniel Korme bilan suhbatda.

Valdo Kortes-Akosta shu yilning avgust oyida rossiyalik Sergey Pavlovichdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng beshta g'alabadan iborat seriyasi barham topgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: