SportUz.Net
iks
ads

Maks Xollouey BMF kamarini himoya qilish uchun raqib tanladi

02.11.2025 19:42    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik aralash yakkakurash ustasi navbatdagi jangida qarshisida kimni ko'rish istagida ekanini aytdi.

Xollouey braziliyalik sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyra bilan jang qilishni istamoqda.

"Bu men xohlagan jang. Bu ko'pchilik ko'rishni istaydigan jang. Bizning o'ziga yarasha kichik tariximiz bor. Hozir BMF kamariga davogarlar unchalik ko'p emas, CHarlz Oliveyra ulardan biri. Siz men bilan tarixda bo'lgan shunday hurmatli jangchiga qarshi BMF kamarini yana himoya qila olaman, demoqchimisiz?", - dedi amerikalik jangchi sport sharhlovchisi Dreyk Riggsga bergan intervyusida.

Xollouey va Oliveyraning birinchi jangi 2015 yil avgust oyida Kanadada bo'lib o'tgan UFC Fight Night 74 turniri doirasida bo'lib o'tgan va o'shanda braziliyalik ikkinchi daqiqadayoq jangni davom ettirishdan bosh tortgandi. 

"Birinchi marta hamma buni jarohat deb aytdi, keling, hammasini aniqlaylik. Bilishimcha, undan hech qanday jarohat topilmagan va shifoxonadan chiqarilgan. Men bu jangni jon-jon deb o'tkazgan bo'lardim. U ko'p narsaga erishdi, chempion bo'ldi, Top-5`dagi yana bir jangchini mag'lub etish esa meni faqat chempionlik jangiga yaqinlashtiradi, men shunga erishmoqdaman", - deya qo'shimcha qildi Xollouey.

Malumot uchun, Maks Xollouey so'nggi jangini shu yilning iyul oyida o'tkazib, Dastin Pore ustidan hakamlar qarori evaziga g'alaba qozongan bo'lsa, CHarlz Oliveyra uch hafta oldin Mateush Gamrotni ikkinchi raundda sabmishn evaziga taslim etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: