
Kecha AQSHning Las-Vegas shahrida etilgan UFC turnirining co-main event, yani ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida Valdo Kortes-Akosta Ante Deliyani kambek evaziga nokautga uchratgandi. Birinchi raundning to'rtinchi daqiqasida xorvatiyalik Kortes-Akostaning ko'ziga barmoqlarini suqib oldi va ko'zini qo'li bilan to'sib olgan raqibiga tashlandi. Referi Mark Smit qoida buzilish vaziyatini ko'rmay qoldi va jangni to'xatdi. Deliya g'alabasini nishonlay boshladi. Lekin vaziyat qayta ko'rib chiqilgach, xorvatiyalikning harakati qoida buzilishi sifatida talqin qilindi. Ko'zida muammo yuzaga kelgan bo'lsa-da, jangni davom ettirishga qaror qilgan Kortes-Akosta raqibini nokautga uchratgandi.
"Men uning ko'ziga tekkan-tegmaganimga ishonchim komil emas. Hakam "taym-aut" ko'rsatmadi va aksincha, jangni to'xtatdi va meni g'olib deb elon qildi. Bu qarorni o'zgartirib bo'lmaydi. Raqibim bir necha daqiqa davomida hakamlar video takrorni ko'rib chiqqunicha dam olib o'tirdi. Takrorlash jang to'xtatilgandan keyin ishlatilgan, qoidalar bunga yo'l qo'ymaydi! SHundan so'ng, jang noqonuniy ravishda davom ettirildi.
Men adolatdan boshqa hech narsa so'ramayman. Men mag'lubiyatdan qochmayman, har bir raqibni va har qanday natijani hurmat qilaman. Ammo qoidalar buzilib, mening g'alabamni o'g'irlashganda emas. Bunday emas. Bunday sportni hali ko'rmaganman!", - deb yozdi xorvatiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqda.

Deliyani nokautga uchratgan Kortes-Akosta Aspinallga murojaat qildi: "Ortingdan boryapman!"