
SHuningdek, u 2026 yilda birinchi og'ir vazn toifasida WBC chempioni Badu Jek bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. 28 yoshli Jeyk Pol va 36 yashar Entoni Joshua o'rtasidagi jang haqida xabarlar shu yilning boshida paydo bo'lgan edi. Ammo keyin Jeyk 14 noyabr kuni Jervonta Devisga qarshi ko'rgazmali jang o'tkazilishini, Joshuaga qarshi jang esa kelasi yilga rejalashtirilganini malum qildi.
"Bu jang 100 foiz amalga oshishi mumkin. Jamoalarimiz allaqachon muzokaralar olib bormoqda va ushbu jangni kelgusi yilda tashkil etishga harakat qilmoqda. Jervonta Devisga qarshi jangdan keyin Entoni Joshuaga qarshi jang qilish qiziqarli bo'ladi. Hech kim menga hech qanday imkoniyat bermaydigan jangda katta tavakkalchilik va katta chaqiruvga borishni yoqtiraman", - dedi Jeyk Pol Sky Sports’ga bergan intervyusida.
SHuningdek, Jeyk Pol kelasi yili dekabr oyida Noel Mikaelyan bilan revansh jangi o'tkazadigan WBC chempioni Badu Jek bilan to'qnash kelishi mumkinligini malum qildi.
"Menimcha, bu ehtimoli yuqori jang, - dedi Jeyk Pol Badu Jekka qarshi jang haqida. - SHunchaki yulduzlar to'qnashishi kerak, uning oldinda jangi bor va u g'alaba qozonishi kerak va hokazo. Odamlar doim gapirishadi. Bu men intilayotgan etirof emas. Axir men shunchaki jahon chempioni bo'lishni, g'alaba qozonishni va o'z hayotim bilan yashashni xohlayman".
