
olamsport.com sayti jahon sportining maftunkor ayollari bilan tanishtirishda davom etadi. Bu safar shafqatsiz MMA sportining nozik vakilalari haqida so'z yuritamiz.

Veronika Makedo
(1995 yil 30 oktyabrda tug'ilgan) - venesuellalik aralash yakkakurash ustasi. Ayni paytda u UFC'da jang qiladi.

Karolina Kovalkievich
(1985 yil 15 oktyabrda tug'ilgan) - polshalik jangchi. U hozirda UFC uchun jang qiladi.

Montana De La Rosa
(1995 yil 14 fevralda tug'ilgan) - amerikalik aralash yakkakurash jangchisi. Ayni vaqtda UFC oktagonlarida jang qilmoqda.

Misha Tereza Teyt
(1986 yil 18 avgustda tug'ilgan) - amerikalik aralash yakkakurashchi. UFC sobiq chempioni.

Felis Nikol Xerrig
(1984 yil 18 centyabrda tug'ilgan) - amerikalik kikbokschi, muay-tay jangchisi va aralash yakkakurash ustasi, engil vazn toifasida UFC jangchisi.

Peyj Mishel VanZant
(1994 yil 26 martda tug'ilgan) - amerikalik aralash yakkakurash ustasi, bokschi va model. Engil vazn toifasida sobiq UFC jangchisi. Aralash jang sanatidan tashqari, u «Yulduzlar bilan raqs» va «CHopped» teleserialida suratga tushgan.

Yoanna Jedrzejchizik
(1987 yil 18 avgustda tug'ilgan) - polshalik aralash jangchi va sobiq kikbokschisi. UFC sobiq chempioni.

Aleksandra Albu
(1990 yil 14 iyulda tug'ilgan) - Moldovada tug'ilgan rus aralash yakkakurash ustasi. UFC'ning sobiq jangchisi.

Jessika-Rous Klark
(1987 yil 28 noyabrda tug'ilgan) avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi ayni vaqtda UFC oktagonlarida o'zini ko'rsatmoqda.

Ana Klaudiya Dantas
Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi, u hozirda UFC jangchisi.

Anastasiya Yankova
(1991 yil 1 martda tug'ilgan) rossiyalik aralash yakkakurash ustasi va Bellator'ning engil vazn toifasidagi jangchisi. Anastasiya bir vaqtning o'zida teleboshlovchilik bilan ham shug'ullanadi

Elena «Lena» Sergeevna Ovchinnikova
(1987 yil 22 aprelda tug'ilgan) - ukrainalik kikbokschi va aralash yakkakurash ustasi. U engil vazn toifasida WBC Muaythai'ning amaldagi jahon chempioni.

Treyzi Kortez
(1993 yil 10 dekabrda tug'ilgan) - amerikalik aralash yakkakurash ustasi, engil vazn toifasida UFC jangchisi
Xolmurod Nurmatov: "Buni mag'lubiyat demagan bo'lardim, kamida durang berilsa bo'lardi"
Abdurahmon Fozilovning LFA Ligasidagi debyut jangi sanasi va manzili malum (POSTER)