Krishtianu Ronaldu "Real"ni tark etgach, "qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzema gol urish borasida barqarorlik qayd etmoqda. Fransiyalik futbolchi so‘nggi 4 mavsumda La ligadagi gollari sonini 20tadan oshirmoqda.
Benzema portugaliyalik futbolchi davrida har mavsumda turlicha natija qayd etgan. Shunga qaramay, Karimning Ispaniya chempionati bir mavsumidagi gollari bo‘yicha rekordi (24 gol) mavsum-2015/2016ga to‘g‘ri kelgan. 34 yoshli futbolchi joriy mavsumda yana 2ta gol ursa, o‘sha rekordini takrorlaydi.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ