"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich Yevropa chempionlar ligasining birdaniga 2ta rekordini o‘rnatdi.
Serbiyalik futbolchi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda musobaqa doirasida debyut qildi va 32-soniyada gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol turnir tarixidagi debyutant tomonidan urilgan eng tezkor gol bo‘ldi.
Bundan tashqari, Vlaxovich YECHL tarixida nimchorak final bosqichining eng tezkor goliga mualliflik qildi.
Debyutant uchun tezkor gol borasidagi avvalgi rekord Dortmundning "Borusssiya" klubi sobiq forvardi Andreas Mellerga tegishli bo‘lib, u mazkur golni 1995 yilda "Yuventus" (1:3) darvozasiga urgandi.
Abbosxonning Gulistondagi jangi durang bilan yakunlandi. Barcha natijalar bilan tanishing!
G'ofur Rahimov, Muhammadqodir Abdullaev yoxud Gulistondagi boks oqshomidan ilk FOTOREPORTAJ