«PSJ» Fransiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Renn»ni mag‘lub etdi (1:0). Yagona gol 93-daqiqada hujumchi Kilian Mbappe tomonidan kiritildi. Anri uslubida urilgan gol 23 yoshli futbolchi uchun Liga 1dagi 119-gol bo‘ldi.
U Yevropaning top-5 chempionatlarida 24 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida 21-asrning eng yaxshi to‘purari sifatida jamoadoshi Lionel Messiga tenglashdi. Mbappe dekabr oyida 24 yoshga to‘ladi. Mbappe Liga 1da hozirgi futbolchilar orasida eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Ramazon Temirov ishtirok etadigan UFC Abu-Dabi turnirining markaziy jangi elon qilindi
UFC 315 turnirining bonus sohiblari malum, chempionlik jangi eng yaxshisi deb topildi