SportUz.Net
photo photo

Futzal. Terma jamoalarning fevral oyi reytingi e’lon qilindi

11.02.2022 11:31    


Rasmni yuklab olish

Futzal bo‘yicha jahon terma jamoalarining yangi reytingi e’lon qilindi. O‘zbekiston milliy jamoasi unda 1234 ball bilan 27-o‘rinni egalladi.

Terma jamoamiz dekabr oyidagi reytingda 23-pog‘onada bo‘lganini inobatga olsak, bu safar 4 qator pastga tushdik. Bahodir Ahmedov shogirdlari yaqinda Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirok etib, Chernogoriya ustidan g‘alaba qozonib, Fransiyaga ikki marta imkoniyatni boy berishgandi.

O‘zbekiston Osiyo jamoalari orasida Eron (6), Yaponiya (15) va Tailand (19)dan so‘ng to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Jahon reytingini esa Braziliya boshqarmoqda. Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Portugaliya 4 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘ringa chiqib oldi. Argentina esa kuchli uchlikka kirdi. Ikki oy ilgari peshqadam bo‘lib turgan Ispaniya esa bu safar 4-o‘ringa tushib qoldi. Rossiya 5-pog‘onani band etgan bo‘lsa, qo‘shnilarimiz Qozog‘iston 7-qatorga joylashtirildi. Yevropa chempionatida yarim finalga chiqqan Ukraina birdaniga 12 pog‘ona sakrab, 12-o‘rinni egalladi.

Futzal terma jamoalari reytingi. 2022 yil 11 fevral (top-30)

Terma jamoa
Ball 2021 dekabr
o‘rni
2021 dekabr
o‘rni
ga nisbatan
+/-
1 Braziliya 1791 2 1
2 Portugaliya 1763 4 2
3 Argentina 1756 3 0
4 Ispaniya 1754 1 -3
5 Rossiya 1687 5 0
6 Eron 1580 7 1
7 Qozog‘iston 1557 6 -1
8 Paragvay 1501 10 2
9 Italiya 1453 9 0
10 Xorvatiya 1450 8 -2
11 Kolumbiya 1429 11 0
12 Ukraina 1427 12 0
13 Marokash 1402 13 0
14 Ozarboyjon 1378 14 0
15 Yaponiya 1351 16 1
16 Serbiya 1348 15 -1
17 Chexiya 1331 17 0
18 Finlandiya 1327 19 1
19 Tailand 1315 18 -1
20 Sloveniya 1304 19 -1
21 Fransiya 1299 21 0
22 Venesuela 1274 22 0
23 Slovakiya 1266 26 3
24 Gruziya 1256 31 7
25 Ruminiya 1240 24 -1
26 Belarus 1235 25 -1
27 O‘zbekiston 1234 23 -4
28 Polsha 1219 27 -1
29 Belgiya 1215 30 1
30 Kosta Rika 1209 29 -1

 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: