SportUz.Net
photo photo

Yevropada legionerlarga o‘yin amaliyoti ko‘proq berilayotgan chempionatlar reytingi e’lon qilindi

03.02.2022 11:31    


Rasmni yuklab olish

UYEFA mavsum-2020/2021da Yevropaning turli milliy chempionatlarida legioner futbolchilar qancha o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganini tahlil qildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Turkiyaga tegishli bo‘ldi. Turk klublariga jalb qilingan xorijlik futbolchilar 65 foiz o‘yin vaqtida maydonda harakat qilishmoqda.

Ikkinchi natija Gresiyaga (62%) tegishli bo‘lsa, Belgiya va Portugaliya (59%) kuchli uchlikka kirishdi. Italiya (57%), Germaniya (56%) va Angliya (55%) chempionatlari esa keyingi pog‘onalarni band etishdi.

1. Turkiya – 65%;
2. Gresiya – 62;
3-4. Belgiya – 59;
3-4. Portugaliya – 59;
5. Italiya – 57;
6. Germaniya – 56;
7. Angliya – 55;
8. Shveysariya – 49;
9. Shotlandiya – 48;
10. Polsha – 44;
11. Niderlandiya – 41;
12. Vengriya – 40;
13. Rossiya – 37;
14-15. Fransiya – 36;
14-15. Daniya – 36;
16-17. Ispaniya – 32;
16-17. Avstriya – 32;
18. Shvesiya – 29;
19. Norvegiya – 26;
20. Ukraina – 22.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: