
Londonning «Tottenhem» klubi Premyer Liga doirasidagi har bir uy o‘yinida o‘rtacha 8 mingga yaqin chipta sota olmayapti.
Bu APL klublari orasida eng yomon ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Har bir uy o‘yinidan ko‘rilgan yo‘qotish 165 ming funtni tashkil qilmoqda, deya xabar qilmoqda Daily Mail.
«Shporlar» uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Tottenhem Hotspur» stadioni 2019 yilda ochilgan. Klub arenaning qurilishiga 1 milliard funt sarflagandi.
Chiptalar sotuvidan tushadigan daromaddan quruq qolish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Londonning yana bir jamoasi «Chelsi» bormoqda — 154 ming funt. Bu ko‘rsatkich borasida eng yaxshi natija «Lester»da. «Tulkilar»ning har bir uy o‘yinida o‘rtacha 250 ta joy ortib qolmoqda, boy berilgan daromad esa 6 ming funtni tashkil qiladi.

Uaylder: "Pol - Joshua? Men bunday janglarga ko'rgazmali to'qnashuv sifatida qarayman"
Umar Kremlyov boks bo'yicha 2027 yilgi IBA Jahon chempionati qaerda o'tishi mumkinligini aytdi