19 dekabr, yakshanba kuni «Manchester Siti» Angliya chempionatining 18-turi doirasida "Nyukasl" klubi mehmoni bo‘lib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Xose Gvardiola jamoasi mazkur kalendar yilida Angliya premyer-ligasi doirasida raqiblari darvozasiga 105ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Shaharliklar" uchun ushbu natija Angliyaning yuqori divizionida ishtiroki davomidagi eng yaxshi natija bo‘ldi, deya xabar tarqatdi Opta.
Avvalgi rekord 1929 yilda qayd etilgan bo‘lib, "Siti" o‘shanda 104ta gol muallifiga aylangandi.
Eslatib o‘tamiz, "Nyukasl" ustidan qozonilgan g‘alaba «Manchester Siti» uchun APL doirasida 2021 yilda qo‘lga kiritilgan 34-g‘alaba bo‘ldi. Bu ham Angliya chempionati tarixidagi rekord hisoblanadi.
Gvardiola jamoa yil oxiriga qadar "Lester" va "Brentford"ga qarshi 2ta o‘yinda maydonga tushadi. «Manchester Siti» jadvalda 44 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.