FIFA The Best sovrini uchun da’vogar futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Ularni ko‘rib chiqamiz:
Benzema - "Real Madrid" haqiqiy lideri va o‘tish davrida qutqaruvchisi bo‘lish bilan birga, Fransiya terma jamoasiga qaytib o‘z darajasini ko‘rsatdi.
De Bryuyne - Gvardiola jamoalarida shaxslar ikkinchi darajada, ammo sxemani ham o‘ziga bo‘ysindira oladiganlari bor, sanoqli, Kevin shunday.
Ronaldu - Qayerga bormasin to‘purarga aylanadi. Terma jamoalar mutloq rekordchisi. "Manchester Yunayted"ni og‘ir davrida tortyapti.
Xoland - Uni orzu qilmaydigan klub yo‘q. Yo‘q joyda gol yuzaga keltiradi. Kelajak uniki.
Jorjinyo - Mavsum titullari bo‘yicha unga teng keladigani yo‘q. Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni, UYEFA talqinida eng yaxshi.
Kante - Motor, ishonch timsoli, eng kamtar futbolchi. Hammaning birdek e’tirofiga sazovor.
Levandovski - Gollar mashinasi. Ikki mavsumning eng zo‘r to‘purari. Gollar soni bo‘yicha o‘sha juftlikdan o‘ta olgan shaxs.
Mbappe - Talant, jismoniy kuch, atletizm, tezlik, texnika uyg‘unlashuvi bo‘yicha hozirda tengsiz. Liderlikni olish qoldi.
Messi - Azaliy orzusiga erishdi va Kopani yutdi. Mavsumni terma jamoaga atadi. Klub miqyosida esa uning isbotlaydigan narsasi yo‘q.
Neymar - Iste’dod bo‘yicha ro‘yxatda eng zo‘ri, intizom bo‘yicha eng yomoni. Lekin shunisi bilan u o‘sha biz bilgan Neymardir, futbol u uchun zavq.
Saloh - Liverpul tarkibidagi eng yaxshi to‘purar, eng yaxshi assistent, eng yaxshi futbolchi. Barchasini o‘z zimmasiga oladigan yetakchi.
Qiyin tanlov… rasman e’lon qilinguncha vaqt bor. O‘zingiz nima deysiz?
Davron Fayziyev.
Burchagida jamoadoshi Azamat Nuftillaev bo'lgan Saydatxon Nuriddinovning jangidan FOTOGALEREYA
Ikki raund davom etgan Asadbek Qoxorov - Farhod Davlatov bellashuvidan FOTOGALEREYA
Asadbek Qoxorovning tojikistonlik tajribali raqibga qarshi jangi nokaut bilan yakunlandi