SportUz.Net
photo photo

La liga. Suares Ronalduning rekordini yangiladi

09.02.2021 10:30    


Rasmni yuklab olish

«Atletiko» hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Selta»ga qarshi o‘yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi (2:2).

Urugvaylik futbolchi yangi jamoada Ispaniya chempionati doirasida 21-asrda dastlabki 16ta golni eng tez urgan o‘yinchiga aylandi. Suares ushbu marrani 17ta o‘yinda zabt etdi.

Bungacha XXI asrda rekordga Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib turgan edi. Portugaliyalik futbolchi mavsum-2009/10da «Real» safida dastlabki 17ta o‘yinda 15ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: