SportUz.Net
photo photo

Sӯxlik 83 yoshli otaxon piyoda 5 kilometr masofani yurib o'tdi

06.02.2021 14:16    


Rasmni yuklab olish

Sog'lom hayot uchun 5 000 qadam deb nomlangan bo'lsada, aslida startdan finishgacha bo'lgan masofa 5 kmni tashkil etgandi.

Otaxon ushbu masofaga qiynalmasdan, piyoda yurib keldi.


Purviqor tog'lar bag'rida joylashgan Farg'ona viloyatining Sӯx tumanida «Sog'lom hayot sari 5 000 qadam» akciyasi bӯlib ӯtdi. Tadbirda tumandagi barcha sektorlar rahbarlari «shaxsiy namuna» ko'rsatishdi va piyoda yurishdi.

Ushbu akciyada yoshlar va harbiylar bilan bir qatorda tumandagi Hazrati Ali mahallasida istiqomat qiluvchi 83 yoshli piri badavlat otaxon Aminjon Hakimov ham ishtirok etdi. Etiborlisi, akciya «Sog'lom hayot uchun 5 000 qadam» deb nomlangan bo'lsada, aslida startdan finishgacha bo'lgan masofa 5 kmni tashkil etgandi. Otaxon ushbu masofaga qiynalmasdan, piyoda yurib keldi.

«Biror joyim og'rimaydi, sog'ligimdan shikoyatim yo'q. Hamon jismoniy mehnat bilan shug'ullanib turaman. SHu bois salomatligim mustahkam», - dedi otaxon o'z fikrlari bilan o'rtoqlasharkan.

Mahalla ishlarida faollik kӯrsatib kelayotgan otaxon akciya yakunida tuman hokimligi tomonidan maxsus sovg'a bilan taqdirlandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: